2 995
Tramp koronavirusning ikkinchi to‘lqini yuz bergudek bo‘lsa AQSHni yopishdan bosh tortdi
Foto: Leah Millis / Reuters
AQSH prezidenti Donald Tramp agar kuzda koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini yuz bergudek bo‘lsa, hukumat qat’iy cheklovlar kiritmasligini va mamlakatni yopmasligini [leech=https://zamin.uz/index.php?do=go&url=aHR0cHM6Ly9rdW4udXovbmV3cy8yMDIwLzA1LzIyL3RyYW1wLWtvcm9uYXZpcnVzbmluZy1pa2tpbmNoaS10b2xxaW5pLXl1ei1iZXJndWRlay1ib2xzYS1hcXNobmkteW9waXNoZGFuLWJvc2gtdG9ydGRp]ma’lum qildi[/leech].
Tramp bu haqda jurnalistlar bilan uchrashuv davomida ma’lum qilgan, deb xabar berdi The Hill nashri.
AQSH prezidentining ta’kidlashicha, koronavirusning ikkinchi to‘lqini yuz berishi ehtimoli yuqori. “Bu standart. Biz olovni o‘chirmoqchimiz. Biz mamlakatni boshqa yopmoqchi emasmiz”, deb aytgan prezident.
Tramp, shuningdek, mamlakat infeksiyaning keyingi avj olishini bosa olishiga ishonchi komilligini aytgan. “Bu cho‘g‘lanib turgan ko‘mir yoki olov bo‘ladimi, biz uni o‘chiramiz, ammo mamlakatimizni yopmaymiz”, deb ta’kidlab o‘tgan Tramp.
Aprelda AQSHning bir nechta shtatlari koronavirus pandemiyasi sharoitida mislsiz qadamlarni amalga oshirib, o‘z chegaralarida nazorat punktlari o‘rnatgan va o‘z hududlarini deyarli yopishgan. Misol uchun, Florida va Texasda patrullar ushbu shtatlarda yashamaydigan amerikaliklardan tashrif vaqtida 14 kunlik karantindan o‘tish majburiyatini imzolash va ular to‘xtamoqchi bo‘lgan joy manzilini berishni talab qilishgan.
Joriy haftada AQSHning barcha shtatlari koronavirus sababli kiritilgan barcha cheklovlarni yengillashtirishga tayyorlik bildirgan. Ba’zi korxonalarga odamlar ish joylariga qayta olishlari uchun ishlab chiqarishni boshlashga ruxsat berilgan. Ushbu qarorlar Arizona, Shimoliy Karolina, Texasda kasallanish holatlari ko‘payganiga qaramay qabul qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?