2 884
Sukerberg ikki oyda 31,4 mlrd. dollar ishlab olib, bo‘lajak trillionerni ortda qoldirib ketdi
Joriy yilning 23 martidan 22 mayiga qadar dunyo reytingida dastlabki 25 ta o‘rinni egallagan milliarderlar 255 mlrd. dollar ishlab topgan. Forbes shu orqali pandemiya paytida o‘z “mijozlari“ning ahvolini o‘rganib chiqqan.
Ularning ichida Facebook asoschisi Mark Sukerberg hammani ortda qoldirib ketgan. Mark ikki oy ichida 31,4 mlrd. dollar ishlab topdi va jami sarmoyasi 86,5 mlrd. dollarni tashkil etdi.
Qayd etilishicha, shu vaqt ichida Facebook aksiyalari narxi qariyb 60 foiz qimmatlashib, 22 mayga kelib rekord darajagacha ko‘tarilgan. Shunday qilib Sukerberg may oyiga kelib reytingda to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan. Aprel oyida u 7-pog‘onada turgandi.
Amazon bosh direktori Jeff Bezos bu borada ikkinchi bo‘ldi. U 29,9 mlrd. dollar topib, sarmoyasini 146,9 mlrd. dollargacha yetkazib olgan. Chunki bu davrda kompaniya aksiyalari qiymati 29 foiz qimmatlashgan.
Ayni paytda dunyo milliarderlari ro‘yxatini ham aynan Bezos boshqarib turibdi. Prognozlarga ko‘ra, aynan Bezos 2026 yilga kelib dunyodagi birinchi trillionerga aylanishi ham mumkin. O‘shanda u 62 yoshga to‘lgan bo‘ladi. Bu haqda Comparisun tadqiqot platformasi xabar bergandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?