“Arsenal” himoyachisi Sead Kolashinatsning rafiqasi Bella London aeroportida qo‘lga olindi.
Franktfurtdan uchib kelgan xonim aeroportdan elektroshoker-pistoletni olib o‘tmoqchi bo‘lgan. O‘zini himoya qilish uchun bu qurolni olgan Bella avvalroq aviatashuvchi kompaniyaga qurol olib o‘tilishi bo‘yicha so‘rov yo‘llagan, lekin javob olmagan. Britaniyada noqonuniy qurol olib kirishga yarim yil qamoq jazosi belgilangan. Bella erining advokatlari yordamida jazodan qutilib qoldi.
Sead Kolashinas va Mesut O‘zil 2019 yilning yozida Londonda hujumga uchragan edi. O‘shanda jinoyatchilar skuterlarda O‘zilning mashinasiga kelib, futbolchilarga pichoq bilan tahdid qilgan. O‘zil yordam so‘rash uchun restoranga yugurgan, Kolashinas esa ular bilan mushtlashgan. Jinoyatchilar politsiya tomonidan qo‘lga olingan.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi