
Belgiya qiroli Filippning to‘ng‘ich farzandi hamda vorisi malika Yelizaveta otasi tahsil olgan mamlakatdagi eng yaxshi oliy o‘quv yurtlaridan biri - Qirollik Harbiy Akademiyasiga o‘qishga kirdi.
«People» nashri tomonidan ta’kidlanishicha, kirish oson bo‘lmagan ushbu universitetga har yili atigi 150 kishi sinchkovlik bilan tanlab olinadi.
Ma’lum qilinishicha, 18 yoshli malika erkak nomzodlarni ham ortda qoldirib fransuz, golland tillari hamda matematikadan imtihonlarni a’loga topshirgan. Shuningdek, yaxshi jismoniy tayyorgarlikni namoyish etib, psixologik sinovlardan ham muvaffaqiyatli o‘tgan.
Ma’lumot o‘rnida, Yelizaveta harbiy akademiyaga o‘qishga kirishdan oldin Uellsdagi «Atlantic College»da tahsil olgan. U tennis o‘ynaydi, pianino chaladi, suv sporti, alpinizm hamda xayriya ishlari bilan shug‘ullanadi.
Belgiya QiroliMalika YelizavetaHarbiy AkademiyaOliy O‘quv YurtlariPsixologik SinovlarJismoniy Tayyorgarlik O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar