Foto: Getty Images
Forbes jurnali amerikalik model Kayli Jennerning boyligini qaytadan baholab, uning qiymatini milliard dollardan 900 million dollarga tushirib yubordi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Jenner 340 million dollarni 2019 yilning noyabrida uning kosmetika brendini xarid qilish to‘g‘risidagi qarorni e’lon qilgan Coty bitimi natijasida qo‘lga kiritgan.
Jennerning Kylie Cosmetics’dagi ulushi ta’kidlanganidek 49 foizni emas, balki 44,1 foizni tashkil etadi. Bundan tashqari, koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga ta’siri sabab ulushdagi foizlar qiymati arzonlashgan.
Shuningdek, Forbes Jennerning oilasi 2016 yildan buyon har yili biznesning ko‘lami va muvaffaqiyati haqida yolg‘on so‘zlab kelgan.
Nashrning ma’lum qilishicha, Jennerlar oilasining hisobchisi jurnalga katta ehtimol bilan yolg‘on ma’lumotlar qayd etilgan soliq deklaratsiyasini taqdim etgan.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Kim Kardashyanning 22 yashar singlisi Kayli Jenner Forbes reytingiga ko‘ra, eng yosh milliarder deb topilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi