Foto: AFP/Getty Images
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish jurnalistlarga qilinayotgan hujumlarni qoraladi. Uning fikricha, hech qanday jamiyat erkin matbuotsiz adolatga erisha olmaydi.
«Jurnalistga hujum – jamiyatga hujum demak. Demokratiyaga so‘z erkinligisiz erishib bo‘lmaydi. Hech qanday jamiyat qonunbuzarliklarni surishtirib, haqiqatni ayta oladigan jurnalistlarsiz adolatli bo‘la olmaydi», deb yozdi BMT bosh kotibi tvitterdagi sahifasida.
Ma’lumot uchun, 30 may kuni AQSHda davom etayotgan ommaviy noroziliklar vaqtida namoyishchilar jurnalistlarga hujum qilgan. Vashingtonda Fox News jurnalistlari voqea tafsilotlarini yoritayotgan vaqtda ularga har xil jismlar bilan hujum qilishadi. Suratga olish guruhi qochib ketayotganda namoyishchilardan biri «Har kuni o‘zini mana shunday his qiladigan qora tanli bo‘lish nima ekanini his qilinglar», deb baqirgan.
AQSHning Minneapolis shahrida 46 yoshli afroamerikalik Jorj Floyd politsiya tomonidan qo‘lga olinayotgan vaqtda halok bo‘lgach, butun mamlakatda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishchilar binolar, mashinalarni yoqib, bu bilan hukumatga va politsiyaga noroziliklarini ko‘rsatishmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda