AQSH prezidenti Donald Tramp afroamerikalik Jorj Floyd politsiyachi qo‘lidan halok bo‘lgandan keyin 29 may kuni Vashingtonda o‘tgan norozilik namoyishlari vaqtida Oq uyning yer osti bunkerida [leech=https://zamin.uz/index.php?do=go&url=aHR0cHM6Ly9rdW4udXovbmV3cy8yMDIwLzA2LzAxL3RyYW1wLXZhc2hpbmd0b25kYWdpLW5hbW95aXNobGFyLXZhcXRpZGEtb3EtdXlkYWdpLWJ1bmtlcmdhLXlhc2hpcmluZ2FuLW9hdg%3D%3D]bo‘lgan[/leech].
The New York Times nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp namoyishchilar Oq uy oldidagi metall barrikadalarni olib tashlayotganda bunkerga yetkazilgan. Ta’kidlanishicha, ushbu bunker avval teraktlar vaqtida qo‘llangan.
CNN telekanalining qo‘shimcha qilishicha, Tramp o‘z qarorgohiga qaytishdan oldin bunkerda bir soatcha qolgan. U bilan bu vaqtda birinchi xonim Melaniya Tramp va o‘g‘li Barron bo‘lgani noma’lum.
Vashingtondagi namoyishlar Floyd o‘limidan keyin butun AQSHni qamrab olgan ko‘p sonli namoyishlarning bir qismi bo‘lgan. Erkak 25 may kuni Minneapolisda politsiyachilar tomonidan ushlanish vaqtida politsiyachilardan biri uning bo‘ynini tizzasi bilan bosib turgan. Keyinroq Floyd jonlantirish bo‘limida jon bergan, uning ushlanishi videosi esa internetda tarqalib ketgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori"
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi
Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat"
Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi
Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi
Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi
Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi
O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi