14:44 / 02.06.2020
3 343

AQSHda harakatlanayotgan poyezdni talon-toroj qilishdi (video)

AQSHda harakatlanayotgan poyezdni talon-toroj qilishdi (video)
Foto: «Vk.com»
Chikagoda bir to‘da amerikaliklar yonidan o‘tib ketayotgan poyezdni talon-toroj qilishdi. Tasvirga olingan hodisa videosi «KaySwiss Roll»ning YouTube-kanaliga [leech=https://zamin.uz/index.php?do=go&url=aHR0cHM6Ly94YWJhci51ei94b3Jpai9hcXNoZGEtaGFyYWthdGxhbmF5b3RnYW4tcG9lemRuaS10YWxvbi10YXJvai1xaWxpc2hkaS12aWRlbw%3D%3D]joylangan[/leech].

Tasvirlarda talonchilarning bir guruhi poyezddan texnika va shunga o‘xshash tovarlarni uloqtirayotgani, ikkinchi guruhi esa ularning ortidan yugurib, buyumlarni tashiyotganini ko‘rish mumkin.

Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakatni qamrab olgan tartibsizliklarni ichki terrorizm deb atagandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, norozilik tashkilotchilari va ishtirokchilari uzoq muddatga qamaladi.

Vandalizm, politsiyaga hujum va tartibsizliklardan iborat noroziliklar AQSHning o‘nlab shaharlarida kuzatilyapti. Bunga Minneapolisda (Minnesota shtati) qora tanli Jorj Floydning shafqatsizlarcha hibsga olinishidan so‘ng vafot etishi sabab bo‘lgan. To‘qnashuvlar paytida ikki nafar politsiyachi o‘qdan yaralangan, ulardan biri halok bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda harakatlanayotgan poyezdni talon-toroj qilishdi (video)