
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti niqoblarga nisbatan pozitsiyasini o‘zgartirdi. Endi JSST hukumatlarga jamoat joylarida mato niqoblarini taqishni majburiy qilishni maslahat bermoqda, deb yozadi BBC rus xizmati.
Epidemiya boshlanishida JSST faqat koronavirus bilan og‘rigan bemorlar, alomatlari bo‘lgan yoki ular bilan aloqada bo‘lgan odamlar niqob kiyishlari kerakligini ta’kidlagan edi. Tashkilot niqoblar tomonidan himoya qilinishiga shubha bilan qaradi va tez-tez qo‘llarni yuvishga e’tibor berishni maslahat berdi.
Biroq, so‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, niqoblar to‘g‘ri ishlatilganda, infeksiyadan samarali himoya qilish mumkin. Tashkilot tomonidan olib borilgan ko‘p sonli tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, koronavirus simptomlari aniqlanmagan holatda ham odamdan odamga yuqishi mumkin.
Shu bilan birga, JSST faqatgina niqob taqish yordam bermasligini ta’kidlamoqda - gigiyena chora-tadbirlari to‘liq amalga oshirish muhim.
"Faqat niqoblar sizni Covid-19'dan himoya qilmaydi", - dedi JSST rahbari Tedros Adan Gebreisus.
JSST tibbiy niqoblardan keng foydalanishni talab qilmasa ham, tashkilot mato niqoblaridan kengroq foydalanishga e’tibor berishni tavsiya qiladi - ushbu turdagi mahsulotning yetishmasligi bo‘lmasligi kerak, chunki agar kerak bo‘lsa, ularni uyda tikish mumkin.
JSST ijtimoiy masofalanishning imkoni bo‘lmagan hamma joyda, masalan jamoat transporti yoki do‘konlarda niqobdan foydalanishni tavsiya qiladi.
Jahon Sog‘liqni SaqlashTibbiy NiqoblarMato NiqoblarInfektsiyadan HimoyaIjtimoiy MasofalanishGigiyena Chora-tadbirlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar