date
views 2 520

AQSHda bezorilar noyob Porsche superkarining rasvosini chiqardi (video)

AQSHda bezorilar noyob Porsche superkarining rasvosini chiqardi (video)
Foto: Motor
AQSHda sodir bo‘lgan ommaviy norozilik namoyishlari vaqtida bezorilar noyob Porsche 911 versiyasini yaroqsiz holga keltirdi, deb xabar beradi Motor.

997 kuzovidagi noyob Porsche 911 GT3 RS sportkari afro-amerikalik Jord Floydning o‘limi sabab yuzaga kelgan norozilik namoyish «jabrlanuvchi»siga aylandi. Bezorilar tomonidan oynalari sindirilgan kupe ko‘chaning markaziga tashlab ketilgan — mashina egasi kalitni olib, avtomobildan qochib ketishga ulgurgan ko‘rinadi.

Tartibsizlik va bosqinlardan so‘ng, Porsche 911’ning birorta ham butun tashqi elementi qolmagan: kuzoviga graffitilar chizilgan, oynalari, orqa spoyler va old spiltteri singan, tomi qiyshaygan, orqani ko‘rishga mo‘ljallangan o‘ng yon oyna sug‘urib olingan, qanotlari ezilgan, salonga esa o‘t o‘chiruvchi moslama ko‘piklari sepib tashlangan.

Foto: Motor

Foto: Motor
Shunga qaramay, Porsche 911 GT3 RS’ning omadi kelgan: avtomobil yoqib yuborilmagan, shu sababli uning texnik quvvati saqlab qolingan. Modelga 415 ot kuchiga ega atmosfera dvigateli o‘rnatilgan bo‘lib, u olti pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda bezorilar noyob Porsche superkarining rasvosini chiqardi (video)