Foto: kenesh.kg
Bishkekda Qirg‘izistonning sobiq bosh vaziri Sapar Isaqovga jazo hukmi chiqarildi. Isaqov unga qo‘yilayotgan ayblovlar bo‘yicha 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Sud sobiq bosh vazirni korrupsiya moddasi bo‘yicha aybdor deb topgan.
Sud hukmiga ko‘ra, Sapar Isaqov tarix muzeyi va Cho‘lpon-otadagi ippodrom rekonstruksiyasi ishlari bo‘yicha aybdor deb topilgan. Isaqov ushbu ishlarning har biri bo‘yicha 12 yildan qamoq jazosi olgan. Sud ikki hukmni birlashtirib, sobiq bosh vazirga umumiy hisobda 16 yillik ozodlikdan mahrum etish hukmini chiqargan. Natijada, Isaqovga Bishkek issiqlik elektr markazi rekonstruksiyasi bo‘yicha avval chiqarilgan hukm hisobga olingan holda, jazoni qat’iy tartibdagi koloniyada o‘tash bilan 18 yillik ozodlikdan mahrum etish hukmi chiqarilgan.
Shuningdek, sobiq bosh vazir davlatga 247 mln 650 ming som (joriy kurs bo‘yicha 3,3 mln dollardan ko‘proq) to‘lab berishi kerak bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi