date
views 3 560

Deputatlar mast haydovchilarning avtomobillarini musodara qilishni taklif qilmoqda

Deputatlar mast haydovchilarning avtomobillarini musodara qilishni taklif qilmoqda
Rossiya Davlat Dumasida aktyor Mixail Yefremov ishtirokidagi avtohalokat sababli mast haydovchilarning avtoulovlarini musodara qilish amaliyotini joriy etishni taklif qilishmoqda.

"Mastlardan avtomobilni olib qo‘yish kerak, qimmatbaho mashina yoki eski “nol olti” bo‘lsayam. Biz ushbu tashabbuslar bo‘yicha yo‘l harakati politsiyasiga taqdim etamiz. Shuningdek, bu takliflarimiz amalga oshishi uchun ulardan takliflar kutamiz”, dedi “Yedinaya Rossiya”dan Davlat dumasi deputati Aleksandr Vasilev.

Eslatma: Kecha Moskvadagi Smolensk maydonida bir avtomobilning qarama-qarshi yo‘lga chiqib kelayotgan mashinaga urilgani videosi tarqalgan. Rulda bo‘lgan mashhur aktyor M.Yefremovning oyoqda tura olmaydigan darajada mast bo‘lgani aytiladi. Qarshidan kelgan avtomobil haydovchisi kasalxonada vafot etgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Deputatlar mast haydovchilarning avtomobillarini musodara qilishni taklif qilmoqda