Londondagi Qirollik Kollejining olimlar jamoasi koronavirusga qarshi vaksinani 2021 yilning birinchi yarmigacha yaratishlari mumkinligini aytishmoqda, deya yozdi Tarjumon.
Ayni paytda Buyuk Britaniyada COVID-19 vaksinasini yaratish uchun ikkita olimlar jamoasi musobaqalashmoqda. Ularning birinchisi-Qirollik Kolleji o‘zining raqibi bo‘lgan Oksford universitetining Jenner institutidan ortda qolmoqda. Jenner instituti jamoasi allaqachon vaksinani odamlarda sinovdan o‘tkazishni boshlab yuborgan. Agar bu sinovlar muvaffaqiyatli bo‘lsa,ular vaksinani shu yilning o‘zida ommaga taqdim qilishmoqchi.
Qirollik Kolleji 15 iyundan boshlab o‘z vaksinasini insonlarda sinab ko‘rishni boshlashi kutilmoqda. Agar bu sinovlarda vaksina yaxshi natija bersa,u oktabr oyida keng miqyosda 6 ming kishida qaytadan tekshirilib ko‘riladi.
“Biz vaksinamizni tezkorlik bilan kasalxonalarga yetkazib berish uchun olti oyni sarfladik. Hozirda vaksinamiz kasalxonalardagi bemorlarda sinovdan o‘tkazishga tayyor”, deydi Qirollik Kolleji jamoasi rahbari professor Robin Shattok.Uning qo‘shimcha qilishicha, agar hozirgi izlanishlar yaxshi samara bersa,Qirollik Kolleji jamoasi yaratayotgan vaksina 2021 yilning dastlabki ikki choragigacha tayyor bo‘ladi.
Shuningdek, Shattok Qirollik Kolleji va Oksford Universitetining vaksina ixtiro qilishdagi raqobati foydali ekanligini va ular o‘zaro ma’lumotlarni almashayotganligini ta’kidlagan.
“Biz ko‘pincha bir-birimizga qarshi kurashayotgandek ko‘rinamiz. Lekin, aslida biz yaqin hamkorlikda ish olib bormoqdamiz va ma’lumotlarni almashmoqdamiz. Biz bir-birimizni mag‘lub etishga harakat qilmayapmiz. Biz birgalikda ishlashga va iloji boricha tezroq vaksinani tayyorlashga urinmoqdamiz”, deydi Shattok. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y