date
views 2 304

Hidoyatga kelgan nasroniy ruhoniylar: Idris Tavfiq

Hidoyatga kelgan nasroniy ruhoniylar: Idris Tavfiq
2016 yilning fevral oyida sobiq katolik ruhoniysi, oxirda musulmon bo‘lgan Idris Tavfiq olamdan o‘tdi…

«(Ey Muhammad alayhissalom), Siz mo‘minlarga eng qattiq adovat qilguvchi odamlar yahudiylar va mushrik bo‘lgan kimsalar ekanini ko‘rasiz. Mo‘minlarga do‘st bo‘lishga yaqinroq kishilar esa: «Biz nasroniylarmiz», degan kishilar ekanini ko‘rasiz. Bunga sabab, ularning orasida olimlar va rohiblar bor ekanligi va ularning kibru havo qilmasliklaridir».

Ularni Payg‘ambarga nozil qilingan narsani tinglaganlarida, haqni bilganliklaridan, ko‘zlari yosh to‘kkanini ko‘rasan. Ular:
«Ey Robbimiz, biz iymon keltirdik, bas, bizni shohidlar qatoriga yozgin. Nima uchun Allohga va bizga kelgan haqqa iymon keltirmas ekanmiz va Robbimiz bizni ham solih qavmlar qatoriga kiritishini tama’ qilmas ekanmiz?!» derlar. (Moida, 82-84).

Buyuk Britaniyaning sobiq katolik ruhoniysi Idris Tavfiq Britaniya maktabidagi o‘quvchilariga Islomning muqaddas kitobi - Qur’onni o‘qiganida, xuddi shunday bo‘ldi. Va bu uning Islomni qabul qilishidagi muhim qadamlaridan biri edi.

Tavfiq uchun ikkinchi muhim hodisa uning Vatikandagi ishini tashlab, keyin Misrga borishi, u yerda musulmonlar orasida bo‘lib, ularning madaniyati va dini haqida ko‘p narsa bilishi bo‘ldi.

Biroq, uning hayotidagi burilish ruhoniy London masjidida sobiq pop qo‘shiqchisi va millioner Ket Stivens / Yusuf Islom bilan ko‘rishganidan so‘ng bo‘ldi. U bilan muloqot orqali Islomni qabul qilish sari qadam qo‘ydi.

Shunday qilib, uning hayoti boshqa yo‘nalishda davom etdi. Misrda yashagan Tavfiq Islom asoslari haqida kitob yozdi.
Tavfiq o‘zining "Rohat bog‘lari" kitobining izohida shunday deydi: "Har kim Islom terrorizm va nafrat dini emasligini aytadi, ammo hech kim bu qanday din ekanligini aytmaydi.

Shuning uchun men musulmon bo‘lmaganlar uchun Islomning asosiy qoidalari haqida kitob yozishga qaror qildim. Men odamlarga bu din naqadar go‘zal ekanligini, uning qanday boyliklari borligini, eng muhimi, musulmonlarning bir-biriga bo‘lgan muhabbati ekanligini tushuntirishga harakat qildim.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadiki, “birodaringizga tabassum qilish ham sadaqadir”.

Manba: Azon.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hidoyatga kelgan nasroniy ruhoniylar: Idris Tavfiq