2 684
Xitoyda yo‘lda ketayotgan avtosisternaning portlashi oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi (video)
Foto: Global Times
Xitoyning Chjetszyan provinsiyasidagi shosseda avtosisternaning portlashi oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi, 172 kishi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy hukumatga tayanib, CGTN telekanali xabar berdi.
Voqea joyida qutqaruv-qidiruv ishlari amalga oshirilmoqda, jarohat olganlarning barchasi shifoxonaga yotqizilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jarohat olganlarni davolashga 630 nafar tibbiyot xodimi jalb etilgan. Atrof-muhitning ifloslanish holati qayd etilmagan. Ko‘ngilsiz hodisa yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.
#Breaking: An oil tanker exploded close to the exit of a highway in Wenling, E.#China's #Zhejiang Province and the explosion affected surrounding houses and vehicles, causing casualities: report pic.twitter.com/hHGIfrmfII
— Global Times (@globaltimesnews) June 13, 2020
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, ichida suyultirilgan gaz bo‘lgan sisterna ortilgan yuk mashinasi tezyurar shosseda portlab ketgan. Portlash to‘lqini oqibatida sisterna havoga uchib ketib, bir necha yuz metr naridagi zavod binolari yaqiniga borib tushgan. Natijada ikkinchi portlash yuzaga kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”
Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?