
Daniya parlamenti koronavirus pandemiyasi olib kelgan iqtisodiy inqiroz oqibatlarini yengib o‘tish uchun fuqarolarga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatishni ma’qulladi. Oktabrdan kech bo‘lmagan muddatda ishlovchi daniyaliklar o‘rtacha 19 ming krondan (2,86 ming dollar) yordam olishadi.
Ta’kidlanishicha, hukumat bu maqsadda 60 mlrd kron (9,04 mlrd dollar) sarflaydi. Rejaga ko‘ra, bu pullar milliy iqtisodiyotni jonlantirishi kerak. Ushbu chora ishlovchi fuqarolar pensiyaga chiqish vaqtida olishlari uchun muzlatib qo‘yilgan ta’til nafaqalari hisobiga moliyalashtiriladi.
Har bir fuqaro oladigan pul u tomonidan 2019 yil sentabrdan 2020 yil avgustgacha ishlab topgan nafaqa qiymati bilan belgilanadi.
Shuningdek, parlament ijtimoiy nafaqaga yashovchilar hamda pensionerlarga ham moliyaviy ko‘mak ko‘rsatishga qaror qildi. Bu toifadagi insonlar ming kronadan (151 dollar) olishadi.
“Biroq rostini aytishimiz kerak, bu chora odamlar hayotini tubdan o‘zgartira olmaydi. Bu g‘ildirak aylanib ketishi uchun turtki bo‘ladi”, deb ta’kidlab o‘tgan Daniya moliya vaziri Nikolay Vammen.
Ta’kidlanishicha, Daniya iqtisodiyoti joriy yilda koronavirus sababli kiritilgan cheklovlar sababli Ikkinchi jahon urushidan keyingi vaqt ichidagi eng katta yo‘qotishga uchragan.
DaniyaKoronavirus PandemiyasiIqtisodiy InqirozMoliyaviy Ko‘makIjtimoiy NafaqaFuqarolar Yordami O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar