
Gruziya davlat xavfsizlik xizmati Tbilisida rossiyalik fuqaro hibsga olinganini ma’lum qildi. U Gruziyaning “Mtavari arxi” telekanali jurnalisti Georgiy Gabuniyani o‘ldirmoqchi bo‘lgani aytilmoqda.
Xavfsizlik xizmati gumonlanuvchining to‘liq ismini oshkor etmadi, biroq telekanal direktori Nika Gvaramiya bu ingushetiyalik Vasambek Bokov ekanini ma’lum qildi. Bokov soxta hujjatlarni sotib olish, saqlash va ishlatishda ayblanmoqda.
Gvaramiyaning iddaosiga ko‘ra, jurnalistni o‘ldirishga Checheniston rahbari Ramzan Qodirov buyruq bergan bo‘lishi mumkin. “U Gabuniyani jazolashini aytgan edi”, – dedi telekanal direktori. Shuningdek, u Bokovning suiqasdga tayyorlanayotgani haqida Gruziya maxsus xizmati xodimlariga ukrainalik hamkasblari xabar berganini ham aytdi.
Georgiy Gabuniya 2019 yilning 7 iyulidagi teleefirda Rossiya prezidenti Vladimir Putinni qattiq haqorat qilgan, uni “Vovochka” va “sassiq bosqinchi” deb atagan edi. Bundan tashqari, u “Rossiya prezidenti o‘z qullari bilan” Gruziyani tark etishi kerakligini ta’kidlagan.
Jurnalistning so‘zlarini Gruziya rahbarlari qoralab chiqqan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar