date
views 3 688

Habib Nurmagomedovning otasi koronavirusdan sog‘aydi

Habib Nurmagomedovning otasi koronavirusdan sog‘aydi
Foto: «RIA Novosti»
Yengil vazn toifasida UFS chempioni Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap Nurmagomedovning ahvoli kasallikdan keyin yaxshilanishni boshladi. Bu haqda Habibning murabbiyi Xaver Mendes «TASS» nashriga xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, umumiy tanishlaridan biri Habibning otasini koronavirusdan tuzalganini aytgan. Nurmagomedovning oxirgi vaqtlarda qachonlardir boshidan o‘tkazgan yurak operatsiyasi bilan bog‘liq asoratlardan aziyat chekkani va hozirga kelib ahvoli yaxshi ekani ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, mutaxassis 25 aprel kuni Dog‘istondagi shifoxonalardan biriga pnevmoniya tashxisi bilan yotqizilgandi. 3 may sanasida esa ahvoli og‘irlashgani sababli Moskvaga olib borilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Habib Nurmagomedovning otasi koronavirusdan sog‘aydi