Foto: AP
Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal mamlakatda koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlanganini aytdi.
Strana.ua nashrining xabar berishicha, Shmigal 19 iyunda mamlakatda koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi antirekord qayd qilinganini, bir kun ichida kasallanganlar soni mingga yaqinni tashkil qilganini ma’lum qilgan. Bunga esa odamlar virus yo‘qolib, kasallikka chalinishga boshqa imkon qolmadi, deb hisoblashlari tufayli karantinga amal qilmay qo‘yganlari sabab deb ko‘rsatiladi.
“Biz bugun qoronavirus bilan kasallanishning navbatdagi, birinchimi yoki ikkinchimi, qanday istasangiz shunday atang, yangi to‘lqin boshlanishi oldida turibmiz”, deb aytgan Ukraina bosh vaziri.
Shmigalning ta’kidlashicha, koronavirusni yengishning yagona yo‘li – ijtimoiy masofaga, dezinfeksiyalashga va niqob taqish rejimiga rioya qilish hisoblanadi.
“Koronavirusning yangi qurbonlari, kasallik o‘sishining yangi to‘lqini bu yolg‘on, o‘ylab topilgan narsa emasligiga signal bo‘lishi kerak. Bu har birimizning yonimizda yurgan xavfdir”, deb ta’kidlab o‘tgan Ukraina bosh vaziri.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainada ayni vaqtda koronavirusga chalinganlar soni 34 mingdan oshib ketdi, undan vafot etganlar soni 985 nafarni tashkil qilmoqda. So‘nggi sutkada mamlakatda 921 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi