
Foto: EPA-EFE/FACUNDO ARRIZABALAGA
COVID-19 pandemiyasining ikkinchi to‘lqini yuz beradigan bo‘lsa, investorlarning zaxira valyuta sifatida AQSH dollariga bo‘lgan talabi sezilarli darajada pasayib ketishi mumkin. Bu haqda Deutsche Bank eksperti Samir Goel CNBC telekanaliga bergan intervyusida aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda valyuta bozorlari koronavirusning ikkinchi to‘lqini yuz berishi ehtimoli sababli qarama-qarshiliklarga duch kelmoqda. Ekspertning fikricha, ikkinchi to‘lqin AQSH dollarining boshqa mamlakatlar valyutalariga nisbatan jiddiy pasayishiga olib kelishi mumkin.
Goelning qayd etishicha, mart oyidan beri investorlar dollar o‘rniga «o‘nlik guruhi» (Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Belgiya, Niderlandiya, Shvetsiya, Kanada, Shveysariya) mamlakatlari valyutalarini afzal ko‘rmoqda.
«Dollarga bo‘lgan favqulodda talab pasaymoqda», — dedi u.
Ekspert shuningdek, AQSHning karantin cheklovlaridan chiqish strategiyasi boshqa mamlakatlarnikiga nisbatan yomonroq ko‘rinayotganini qayd etdi.
Goel Xitoy valyutasi kuchayib borayotganini ham aytdi.
«Yuan nisbatan barqarorligini ko‘rdik va bu qisman ko‘plab dividendlar to‘lovi hamda AQSH-Xitoy o‘rtasidagi shov-shuvlar bilan bog‘liq», — deb xulosa qildi ekspert.
Deutsche BankCOVID-19 PandemiyasiAQSH DollariInvestor TalabiIkkinchi To‘lqinValyuta Bozorlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar