
Foto: RIA Novosti
Google kompaniyasi qator ommaviy axborot vositalariga sifatli yangiliklar uchun pul to‘lashini e’lon qildi.
"Bugun nashriyotlarga sifatli kontent uchun mablag‘ to‘lash bo‘yicha litsenziyalash dasturi shu yil ishga tushishini e’lon qilamiz", - deyiladi kompaniya relizida.
Relizda Google yangiliklar uchun qanchadan pul to‘lashi aytilmagan.
Qayd etilishicha, Germaniya, Avstraliya, Braziliyadagi Spiegel, Solstice Media va Diarios Associados nashriyotlari bilan dastlabki shartnomalar imzolangan.
"Biz bir nechta mamlakatlardagi nashriyotlardan boshlaymiz, kelgusida ular soni oshadi", - deyiladi kompaniya tomonidan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar