
Minnesotalik erkak o‘zining Pavati luks katerini qutqaraman, deb Ford F-150 Raptor pikapi va Jeep Wrangler yo‘ltanlamasini suvga cho‘ktirib yubordi, deb xabar beradi Daryo.
Ko‘ngilsiz hodisa Sidar Leyk shahridagi ko‘lda sodir bo‘lgan. Pavati sport kateri prichalga bog‘langan holda turgan, biroq u kutilmaganda suv ostiga cho‘ka boshlangan. Katerning narxi 300 ming dollar bo‘lgani sabab erkak zudlik bilan uni qutqarishga kirishgan.
Luks katerning cho‘kishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida erkak Ford F-150 Raptor pikapi va Jeep Wrangler yo‘ltanlamasidan foydalanishga uringan. Avtomobillar suvli to‘siqlardan o‘tishga moslashtirilgan, biroq ikkala mashina ham chuqur ko‘llarga mo‘ljallanmagan. Omadsiz kechgan qutqaruv operatsiyasi sabab yo‘ltanlamaslar cho‘kib ketgan.

Cho‘kib ketgan ikki avtomobilning umumiy qiymati 80 ming dollarga teng. Biroq erkakning garajida yana Lamborghini Gallardo va Huracan, shuningdek, Audi R8 va yana bitta Jeep Wrangler mavjud.
Minnesotalik ErkakPavati Luks KateriFord F-150 RaptorJeep WranglerKo‘ngilsiz HodisaQutqaruv Operatsiyasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar