Rossiya TIV amerika harbiylari buyurtma qotilligida rus harbiy razvedkasining aloqadorligi to‘g‘risidagi mish-mishlarni feyk deya atadi, deb xabar bermoqda RIA Novosti. Xususan, diplomatik idora xuddi shunday ayblovlar ilgari surilgan New York Timesdagi maqolaga quyidagicha izoh berdi.
"O‘ta oddiy bu mish-mishlar - biron haqiqatga yaqin narsa o‘rniga, shunday safsatani o‘ylab topishga majbur bo‘lgan amerika razvedkasi propagandistlarining past aqliy salohiyatini yaqqol namoyon etmoqda <…> Afg‘onistondagi yigirma yillik urushda katta muvaffaqiyatsizlikka duch kelgan razvedkadan yana nimani kutish mumkin edi", - deya javob berdi jurnalistlarga TIV vakillari.
Diplomatlar, hech kimga sir bo‘lmagan boshqa sabablarni: masalan, amerika razvedkasining narkotrafikka aloqadorligi, amerika soliq to‘lovchilari pulidan transport karvonlari o‘tishi uchun jangarilarga to‘lanadigan to‘lovlar, turli loyihalarni amalga oshirish maqsadida tuzilgan shartnomalar uchun beriladigan poralar haqida ham eslatib o‘tdilar. "Shunga xohish bo‘lsa, ular amalga oshiradigan kirdikorlar ro‘yxatini yana davom ettirish mumkin. Bu ular uchun juda noo‘ng‘ay bo‘ladi", - deya qo‘shimcha qilishdi ular.
"Ehtimol amerika razvedkachilariga biz va ularning diplomatlari birgalikda Qobul va toliblar o‘rtasida tinchlik muzokaralarini ishga tushirishga yordam berayotganimiz yoqmayotgandir?! Ularni tushunish mumkin — yuqorida sanab o‘tilgan "qing‘ir" daromadlar manbalaridan mosuvo bo‘lishni istashmaydi", — deya xulosa qilishdi TIV vakillari.
Iyun oyi boshida AQSH kongressida respublikachilar fraksiyasi tomonidan e’lon qilingan dokladda, Rossiya boshqa ko‘plab qoralovlar qatorida "Tolibon"ga homiylik qilishda ayblangan edi. Shu tufayli Moskvaga qarshi sanksiyalarni yanada kuchaytirish lozim, deya ta’kidlard Respublikachilar. Rossiya bu singari ayblovlarni ko‘p bor inkor qilgan.
AQSH "Tolibon"ga qarshi harbiy operatsiyani 2001 yilda boshlagan. Bu operatsiyaning boshlanishiga Vashington toliblar 11 sentabrda teraktlarni amalga oshirgan "Al-Qoida" uyushmasi jangarilarini yashirganliklarini vaj sifatida ko‘rsatgan edi.
Toliblar hukumati ag‘darildi, hokimiyat tepasiga AQSHga sodiq bo‘lgan siyosatchilar keldi va "Tolibon"ga qarshi kurashga kirishdi.
Joriy yil fevral oyida AQSH va "Tolibon" 18 yil deganda birinchi marta tinchlik to‘g‘risida bitim imzoladi. Shartnoma Afg‘onistonda 14 oy ichida chet el qo‘shinlarini chiqarishni (toliblarning eng muhim talablaridan biri) va o‘zaro asir almashuvidan so‘ng afg‘onlararo muloqot boshlanishini ko‘zda tutadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar