2 417
AQSHning bosh infeksionisti mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq muammo jiddiy ekanligini aytdi
Foto: Reuters
AQSHning bosh infeksionisti, Amerika allergiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti rahbari Entoni Fauchi mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat jiddiy ekanligini aytdi. Bu haqda "Bi-bi-si" xabar bermoqda.
Fauchining so‘zlariga ko‘ra, AQSH COVID-19 bilan bog‘liq jiddiy muammoga duch kelgan.
Jons Hopkins universitetining ma’lumotiga ko‘ra, AQSHda koronavirus yuqtirganlar soni 2,5 mln kishiga yaqinlashgan.
26 iyun kuni kasallanish holatlari aniqlanishi bo‘yicha antirekord qayd etildi – bir sutka davomida 45 mingdan ortiq yangi holatlar aniqlandi. Undan bir kun avval 40 mingdan ortiq holat qayd etilgandi.
Pandemiya boshlanganidan buyon COVID-19dan 125 mingdan ortik amerikalik vafot etgan bo‘lib, bu jahon bo‘yicha mutlaq antirekord hisoblanadi.
Juma uni Oq uy vakillari kasallik alomatlari bo‘lmaganlarni ham virusga test topshirishga chaqirdi. Mutaxassislar kasallikka chalinganlar bo‘yicha haqiqiy raqamlar 10 baravar ko‘p bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi