Foto: Getty Images
Barselona universiteti olimlari shaharning 2019 yil mart oyidagi oqava suvlari namunalaridan SARS-CoV-2 koronavirusini topishdi. Bu haqda universitet saytida xabar qilindi.
"Bu natija infeksiya COVID-19 bilan bog‘liq dunyodagi birinchi holatdan ancha avval paydo bo‘lganini ko‘rsatadi", - deyiladi olimlar hisobotida. Tadqiqot davomida universitet olimlari turli davrlardagi suv namunalarini o‘rganib chiqishgan.
SARS-CoV-2 genomlari konsentratsiyasi aholi orasida COVID-19ga chalinishlar soni o‘zgarishiga mos keladi, dedi biologiya fakulteti professori Albert Bosk.
2018 yil yanvardan 2019 yil dekabrgacha bo‘lgan namunalarni o‘rganish jarayonida 12 mart kungi suv namunasidan oz miqdorda SARS-CoV-2 genomlari topilgan.
"Barselonaga turizm yoki ish yuzasidan juda ko‘pchilik keladi, dunyoning boshqa joylarida ham ana shunday vaziyat bo‘lgan bo‘lishi mumkin", - dedi Bosk. Uning fikricha, epidemiya boshlanguniga qadar koronavirusdan tuzalib ketganlarga gripp tashxisi qo‘yilgan, chunki ular o‘xshash alomatlarga ega.
Avvalroq Pensilvaniya universiteti dotsenti Pol Plenet boshchiligidagi amerikalik epidemiologlar dunyo bo‘yicha yangi koronavirusning oltita turi tarqalayotganini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di
Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi!
Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi?
Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi