06:30 / 04.07.2020
2 428

Nur-Sultonda Nursulton Nazarboyev haykali ochildi

Nur-Sultonda Nursulton Nazarboyev haykali ochildi
Kecha, 3 iyul kuni Qozog‘iston poytaxtida mamlakat Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevga atab o‘rnatilgan haykalning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Kazinform» manbasiga asoslanib «Dunyo» AA xabar berdi.
Qayd etilishicha, marosimda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Tokayev onlayn tarzda ishtirok etgan.

Davlat rahbari o‘z nutqida, Nursulton Nazarboyevni mamlakatning strategik yo‘lini belgilab bergan va xalqni jipslashtirgan, zamonaviy Qozog‘iston asoschisi, deya ta’rifladi.

«Tinchlik va barqarorlik, farovonlik va birlik – bu Elboshi siyosati samarasidir. Har bir davlat tarixida o‘zidan beqiyos iz qoldirgan noyob shaxslar bo‘ladi. O‘sib kelayotgan avlod oldidagi burch – ularning xizmatlarini qadrlash va hurmat qilishdan iborat», – dedi Prezident.

Yodgorlik Milliy mudofaa universiteti oldida, yaqinlashib kelayotgan yubiley sana – 6 iyul kuni Nursulton Nazarboyev 80 yoshga to‘lishi arafasida o‘rnatildi. Shuningdek, 6 iyul kuni mamlakatda poytaxt kuni sifatida davlat miqyosida keng nishonlanadi.

Qayd etish kerak, Elboshiga atab Qozog‘istonning boshqa shaharlari va xorijda yodgorliklar o‘rnatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nur-Sultonda Nursulton Nazarboyev haykali ochildi