Foto: Getty Images
Koronavirusning yangi – ikkinchi to‘lqini noyabr-dekabr oylarida yuz berishi mumkin. Bu haqda shifokorlarning butunjahon kasaba uyushmasi WMA’ning sobiq rahbari professor Leonid Eydelman aytib o‘tdi.
Eydelmanning ta’kidlashicha, kasallikning yangi to‘lqiniga jiddiy tayyorlanish lozim, chunki u COVID-19 alomatlariga ega mavsumiy o‘tkir respirator virus infeksiyasi (ORVI) bilan murakkablashishi mumkin.
“Har yildagi kabi noyabr-dekabrda nafas yo‘llari kasalliklari ko‘payishini anglash lozim. Shu sababli yo‘talayotgan, aksirayotgan kasallarni koronavirusga chalinganlardan farqlash qiyin bo‘ladi. Aynan shu katta muammodir”, deb aytgan shifokor.
Eydelmanning ta’kidlashicha, noyabrgacha sog‘liqni saqlash tizimi to‘liq safarbar qilinishi lozim. Uning fikricha, koronavirusning kuzgi to‘lqini karantin cheklovlari bekor qilingani sababli yozgisidan kuchliroq bo‘ladi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, hozirda koronavirusga chalinganlar soni butun dunyoda ko‘paymoqda. Ba’zi davlatlarda, misol uchun, Italiya va Germaniyada kasallanish holatlari biroz ko‘payayotgani sezilayotgan bo‘lsa, Hindistonda bu ko‘rsatkich yuqori darajani tashkil qilmoqda. “Aslida kasallanganlar soni aniqlanganlaridan ko‘proqni tashkil qiladi”, deb qo‘shimcha qilgan Eydelman. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin...
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)