Foto: fruitinfo.ru
Avstraliya supermarketlarida qulupnay ichiga ignalar tiqib ketish holatlari yana uchray boshladi. 27 iyundan 1 iyulga qadar Adelaida politsiyasiga Woolworths tarmog‘i oziq-ovqat do‘konlari mijozlaridan bu borada 3ta murojaat kelib tushgan.
Xaridorlar qulupnay va avokadolarda temir ignalar, buxanka nonlarida esa kanselyariya knopkalarini topishgan. Politsiya igna va knopkalar maxsulotlarga ataylab tiqilgan, deb hisoblamoqda.
Ta’kidlanishicha, Woolworths kompaniyasi bu holatdan tashvishga tushib, o‘zi mustaqil tergov boshlab yuborgan.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil Avstraliyaning 6 shtati aholisi do‘konlardagi qulupnaylar ichidan ignalar chiqayotgani haqida shikoyat qilgan edi. Hammasi bo‘lib 100ga yaqin bunday holat qayd etilgan. Bundan tashqari, ignalar bir necha bor olma, banan va mangoda aniqlangan.
Politsiya versiyasiga ko‘ra, qulupnaylarga ignalarni mevalar yetishtirish fermasining 50 yoshli supervayzeri May Ut Trinx tiqqan. Mehnat sharoitlaridan norozi bo‘lgan ayol shu tariqa o‘z ish beruvchisidan o‘ch olishga qaror qilgan. Biroq keyinroq boshqa odamlar ham bunga taqlid qilib, mevalarga ignalar tiqa boshlagan.
Mamlakatda bunday holatlar ko‘plab uchray boshlagach, Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison mevalar ichiga ignalar tiquvchi jinoyatchilarga qarshi jazoni 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan qat’iylashtirishini ma’lum qilgan. Sky News Australia nashri ma’lumotlarga ko‘ra, uning bu tashabbusi senat ma’qullovidan o‘tgan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi