2 951
Yaponiyada ayollar bilan tanishish uchun ularning mashinasi shinalarini teshib yurgan erkak qo‘lga olindi
Foto: Pixabay
Yaponiyaning Miyosi shahrida yashovchi Yosito Xarada ismli erkak ayollarga tegishli mashinalar shinasini teshib yurgan. U shu yo‘sinda ayollar bilan tanishmoqchi bo‘lgan. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.
32 yoshli Xarada Xigasiura shahrida politsiyaga 43 yoshli ayol shikoyat qilganidan so‘ng qo‘lga olingan.
Yaponiyalik ayol supermarketdan chiqqanidan so‘ng mashinasi shinasining havo qo‘yib yuborganini ko‘rgan. Shu payt uning yoniga notanish kishi kelgan hamda yordam berishini aytgan.
Haydovchi ayol bunday holat o‘zi bilan bir yil avval ham sodir bo‘lganini eslagan. U erkakning yuzini eslay olmagan, biroq ushbu holat unga shubhali tuyilib, politsiyaga qo‘g‘iroq qilishga qaror qilgan.
Huquq-tartibot organlari xodimlari supermarket avtoturargohiga o‘rnatilgan kuzatuv kameralarini tekshirib, aslida mashina shinasini yordam taklif etgan erkak teshganini aniqlagan.
Yosito Xarada politsiyaga o‘ziga yoqib qolgan ayol bilan shu tariqa tanishmoqchi bo‘lgani haqida so‘zlab bergan.
Qayd etilishicha, yetti yil avval ham xuddi shunday ism-familiyali erkak aynan shu harakati uchun qo‘lga olingan.
O‘sha paytda ham ayblanuvchining advokati himoyasidagi shaxs ayollar bilan tanishish uchun bu ishni qilganini aytgan.
Har ikkala holatda ham bir inson haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari
Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?