
Foto: Global Look Press/Shi Yalei/Xinhua
Xitoy sharqidagi kuchli toshqinlar Min sulolasi vaqtida (1368-1644 yillar) qurilgan ko‘prikning vayron bo‘lishiga olib keldi.
Xuanshan shahridagi Chjenxay ko‘prigi tarixiy ahamiyatdagi ob’ekt sifatida davlat muhofazasida bo‘lgan. Biroq u kuchli yomg‘irdan keyin Sinan daryosi tomonidan vayron qilingan.
Mahalliy aholi evakuatsiya qilingani va ko‘prik to‘sib qo‘yilgani sababli hech kim jabrlanmagan.
Ta’kidlanishicha, ko‘prik 1536 yilda qurib bitkazilgan va Sin sulolasi vaqtida (1644-1911 yillar) bir necha bor rekonstruksiya qilingan. Ko‘prikning uzunligi 133 metrni, eni esa 15 metrni tashkil qilgan.
Manba: Kun.uz
XitoyToshqinlarTarixiy AhamiyatMahalliy AholiEvakuatsiya QilindiKo‘prikning Uzunligi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar