Foto: «Eadaily.com»
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev koronavirus tufayli vafot etganlar xotirasiga 13 iyulni umummilliy motam kuni deb e’lon qildi. Bu haqda u 8 iyul, chorshanba kuni aholiga murojaatida ma’lum qildi. «Tengrinews» sayti translyatsiya qilgan.
«Har bir fuqaromizning qazosi ko‘nglimga og‘ir botadi. Bu virus yaqinlarimizni olib ketyapti. Bugun yaqinlariga aza tutayotganlarga ta’ziya izhor etaman. Shu bois 13 iyulni milliy motam kuni deb e’lon qilaman», — dedi davlat rahbari.
4 iyul kuni Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq yangi cheklovlar joriy etildi. Hududlararo yo‘lovchi tashuvchi avtobuslar harakati cheklandi, ko‘ngilochar, sport va boshqa ommaviy tadbirlar, shuningdek, oilaviy va xotira tadbirlari taqiqlandi.
Go‘zallik salonlari, sartaroshxonalar, sport zallari, basseynlar, madaniy va ko‘ngilochar muassasalar yopildi. Fuqarolarning ko‘chalarda, bog‘ va xiyobonlarda harakatlanishi cheklandi — uch kishidan ortiq to‘planish hamda 65 yoshdan oshganlarning harakatlanishi mumkin emas. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda