Ukraina nashrlarida mamlakatning sobiq prezidenti Petro Poroshenko hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning telefon suhbati ekani aytilayotgan audio tarqaldi. Audiodagi Putin va Poroshenko do‘stona ohangda gaplashgani eshitilgan.
Suhbat ikki mamlakat o‘rtasidagi ziddiyat avjiga chiqqan 2015 yilning 30 aprelida yozib olingani aytilmoqda. Unda Poroshenko Putinga omma oldida gapirgani kabi nafratini to‘kib solmagan va juda yumshoq gapirgan. Xususan, Ukraina sobiq prezidentining «Siz va biz mehnatkash odamlarmiz», «Qo‘lingizni siqib qolaman» deyishi ukrainaliklarning g‘azabiga sabab bo‘lmoqda. Shuningdek, Putinning suhbat oxirida «Sizni quchoqlab qolaman» degani ham ko‘p muhokama qilingan.
Har ikki prezidentlar suhbat davomida haddan tashqari erkin gaplashgan va ular hatto hazil ma’nosida so‘kinib ham qo‘yishgan. Poroshenko suhbat davomida juda ko‘p kulgan. Shuningdek, sobiq prezident Putinga reytingi tushmayotgani va mamlakat ichidagi muammolarni hal qila olayotganidan faxrlanishini aytib «Har holda Ukraina prezidentligi uchun nomzodlar qatorlashib turgani yo‘q», degan. Putin esa bunga javoban «Nega endi, axir Ukraina chiroyli davlat bo‘lsa», deb hazil qilgan.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu audio bo‘yicha munosabat bildirdi. Uning aytishicha, aynan bunday mazmundagi suhbat bo‘lib o‘tganidan bexabar: «Bunday suhbatlar yopiq tarzda o‘tkaziladi, hayronman ular qanday yozib olishgan», degan Peskov.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi