Qondagi qand miqdorining ko‘pligi COVID-19 ning og‘ir shakllarida o‘lim xavfini oshiradi. Xitoylik olimlar shunday xulosaga kelishdi. Tadqiqot natijalari Diabetologia jurnalida e’lon qilindi.
Olimlarning xulosalari joriy yilning 24 yanvaridan 10 fevraligacha Uxan kasalxonalariga yotqizilgan 600 dan ortiq bemorning kasallik tarixiga asoslangan.
Ushbu kasallik tarixlarini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, qonda glyukoza darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan odamlar orasida COVID-19dan o‘lim soni boshqa bemorlarga qaraganda 2,3 marta ko‘proq qayd etilgan.
Shuningdek, qayd etilishicha, qonda qand moddasining yuqori bo‘lishi yallig‘lanish o‘choqlari paydo bo‘lishiga zamin yaratadi va qon tomirlari faoliyatini yomonlashtiradi.
Hozirgi kunga qadar Xitoyda 4,634 nafar bemor COVID-19dan vafot etgan va bu raqam bir yarim oydan ko‘proq vaqt davomida o‘zgarmay kelmoqda.
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat"
Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi
Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi
118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin!
O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi