Foto: Fox News
Hongkongni tark etgan va Xitoy hukumatidan AQSHda yashirinayotgan virusolog ayol Li Men Yan rasmiy Pekin koronavirus haqidagi ma’lumotlarni uzoq vaqt yashirganini ma’lum qildi.
Olima Fox News telekanaliga bergan intervyusida dunyoga koronavirus haqida “haqiqat”ni oshkor qilish uchun AQSHga qochib ketganini ma’lum qilgan. Olima oldindan qochish rejasini tuzib, AQSHga 28 aprelda uchib ketgan. Yanning aytishicha, u AQSHga jo‘nab ketayotganda qamoqqa olinishi yoki “yo‘q qilib yuborilishi” mumkinligini to‘liq anglagan.
Yanning aytishicha, u 2019 yil oxirida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining referent laboratoriyasida ishlagan ilmiy rahbaridan koronavirus keltirib chiqaruvchi kasallikka o‘xshash noodatiy kasallik holatlarini o‘rganish topshirig‘ini olgan. Uning Xitoydagi kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazidagi do‘sti koronavirusga chalinganlar bilan shaxsan ishlagan va dekabrda infeksiya odamdan odamga yuqishini birinchi bo‘lib aniqlagan.
Biroq shundan ko‘p o‘tmay Xitoyda virusni ochiqcha muhokama qilgan mutaxassislar birdan jimib qolgan. Ayolning ta’kidlashicha, shifokorlar va olimlar bu haqida og‘iz ochmaslik haqida buyruq olgan va virusni muhokama qilishdan to‘xtagan. Virusologning aytishicha, bu axborotning yashirilishidan darak beradi.
“Shifokorlar “Bu haqida gapira olmaymiz, biroq niqob taqib yurishimiz lozim”, deb aytishgan”, deya ta’kidlamoqda olima.
Bundan tashqari, virusolog faoliyat olib borgan Hongkong universiteti sobiq xodimasi haqidagi sahifani o‘z saytidan o‘chirib tashlagan. Xitoy elchixonasida “bunday odam haqida hech narsa eshitishmagani” ta’kidlab o‘tilgan va u taqdim qilgan barcha ma’lumotlar rad etilgan.
Yanning ta’kidlashicha, Pekin va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti virusning odamdan odamga yuqishini ancha kech tan olgan. Bu orada Xitoy va JSST bunday ayblovlarni rad etmoqda va yanvarda barcha davlatlar virusning odamdan odamga yuqishi haqida ogohlantirilganini ta’kidlamoqda. JSSTda ta’kidlanishicha, olima hech qachon bevosita tashkilot uchun ishlamagan.
May oyida Associated Press axborot agentligi AQSH ichki xavfsizlik vazirligi hujjatlariga asoslanib, Pekin kasallarni davolash uchun zarur dori-darmonni g‘amlab olish uchun epidemiyani ataylab yashirganini ma’lum qilgan. Ta’kidlanishicha, Xitoy go‘yoki buni eksport cheklovlari borligini rad etgan va savdo haqidagi ma’lumotlarni berishni kechiktirgan holda yashirishga harakat qilgan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
O‘zbekistonda 30 aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi