3 079
Abxishek Bachchan ketidan rafiqasi Ayshvariya Ray va qizida ham koronavirus borligi aniqlandi
Foto: Reuters
Avvalroq koronavirusga chalingani ma’lum bo‘lgan hind aktyori Abxishek Bachchan rafiqasi, aktrisa Ayshvariya Ray va 8 yoshli qizi Aradxyada ham koronavirus aniqlanganini tasdiqladi.
“Ayshvariya va Aradxyaning tahlillari ham koronavirusga musbat natija berdi. Ular uyda karantinda qolishadi. Oilamizning qolgan a’zolari, jumladan onamning tahlili manfiy chiqqan. Barchaga tilaklaringiz va duolaringiz uchun rahmat”, deb yozgan aktyor Twitter’da.
Avvalroq Bollivud afsonasi 77 yoshli Amitabx Bachchan va uning o‘g‘li - 44 yoshli Abxishek Bachchanda koronavirus aniqlangani ma’lum bo‘lgandi.
1994 yilgi “Dunyo go‘zali” tanlovi g‘olibasi va taniqli hind aktrisasi Ayshvariya Ray Bachchan Abxishek Bachchan bilan birga 2007 yildan beri oilaviy hayot kechirib keladi.
Avvalroq 46 yoshli Ayshvariya Rayning koronavirusga chalinganini Maxarashtra shtati sog‘liqni saqlash vaziri Rajesh Tope ma’lum qilgandi. Biroq uning bu haqda Twitter’dagi xabari e’lon qilingandan keyin ko‘p o‘tmay o‘chirib tashlangan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)