Astronomlar koinotda ulkan «devor»ni aniqladi

Foto: Spacetelescope
Gavayi universiteti Astronomiya instituti olimlari ulkan kosmik «devor»ni aniqladi. Bu haqda The Astrophysical Journal jurnali xabar berdi.
Ulkan kosmik tuzilma Janubiy qutb devori nomini olgan. U diametri 520 million yorug‘lik yiliga teng Laniakeya galaktikalar to‘dasining ortida joylashgan bo‘lib, uni yarimshar shaklida o‘rab turadi.
Oldinlari kuzatuvlar vaqtida devorni ko‘rishga ulkan gaz-chang bulutlar xalaqit bergan. Astronomlar uning tuzilmasini galaktikalar tezligiga ta’sir ko‘rsatadigan gravitatsion tortishish effekti sabab «hisoblab olishga» muvaffaq bo‘lgan.
Astronomlarning ta’kidlashicha, kosmik ob’ektning eng zich qismi Janubiy qutb yo‘nalishida joylashgan. U osmon sferasida 200 darajaga yoyilgan va Yer bilan uning orasidagi masofa yarim milliard yorug‘lik yiliga teng.
Galaktikalar to‘dasi sekin-asta koinotdagi eng massiv galaktikalar to‘dasi — Shepli tomon harakatlanmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Gavayi universiteti Astronomiya instituti olimlari ulkan kosmik «devor»ni aniqladi. Bu haqda The Astrophysical Journal jurnali xabar berdi.
Ulkan kosmik tuzilma Janubiy qutb devori nomini olgan. U diametri 520 million yorug‘lik yiliga teng Laniakeya galaktikalar to‘dasining ortida joylashgan bo‘lib, uni yarimshar shaklida o‘rab turadi.
Oldinlari kuzatuvlar vaqtida devorni ko‘rishga ulkan gaz-chang bulutlar xalaqit bergan. Astronomlar uning tuzilmasini galaktikalar tezligiga ta’sir ko‘rsatadigan gravitatsion tortishish effekti sabab «hisoblab olishga» muvaffaq bo‘lgan.
Astronomlarning ta’kidlashicha, kosmik ob’ektning eng zich qismi Janubiy qutb yo‘nalishida joylashgan. U osmon sferasida 200 darajaga yoyilgan va Yer bilan uning orasidagi masofa yarim milliard yorug‘lik yiliga teng.
Galaktikalar to‘dasi sekin-asta koinotdagi eng massiv galaktikalar to‘dasi — Shepli tomon harakatlanmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…