date
views 2 268

AQSH Afg‘onistondagi beshta harbiy bazasini yopdi

AQSH Afg‘onistondagi beshta harbiy bazasini yopdi
Vashington va «Tolibon» harakati o‘rtasida tuzilgan tinchlik bitimiga muvofiq AQSHning Afg‘onistondagi beshta harbiy bazasi yopildi. TOLOnews xabarida aytilishicha, bu bazalar Hilmand, Uruzgon, Paktika va Lag‘mon viloyatlarida joylashgan edi.

Joriy yilning 29 fevralida Qatar poytaxti Doxada AQSH va «Tolibon» o‘rtasida tinchlik bitimi imzolandi. Unda Afg‘oniston turmalaridagi 5 ming tolibni ozodlikka chiqarish va xorij qo‘shinlarini mamlakatdan olib chiqish ko‘zda tutilgan.

AQSHning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod Vashington bitimning birinchi bosqichini bajarganini – askarlari sonini kamaytirganini va beshta harbiy bazani tark etganini ma’lum qildi.

Afg‘onistondagi amerikalik harbiylar soni 8600 nafarga tushirilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Afg‘onistondagi beshta harbiy bazasini yopdi