
Kadr: Instagram
1+1 telekanalining TCH ko‘rsatuvi boshlovchisi Marichka Padalko to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir vaqtida old tishidan ayrildi. Boshlovchi tushib qolgan tishini qo‘li bilan olib, hech narsa bo‘lmagandek dasturni davom ettirgan. Mazkur video Instagram’da paydo bo‘lgan.
«Hozirgina to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir vaqtida boshlovchining old tishi tushib qoldi. Biroq u vahimaga tushib qolmadi, barakalla. Men yig‘lab yuborgan bo‘lardim», — deb yozadi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi.
Bundan ikki kun oldin Padalko o‘zining Instagram’dagi sahifasiga ish joyida tushgan suratini joylashtirgan va ta’tildan qaytganini ma’lum qilgandi.
«Ta’til odatda juda tez tugaydi. Salom, sevimli ishim», — deb yozadi boshlovchi.

Foto: Instagram / Marichka Padalko
Marichka PadalkoTCH Ko‘rsatuviOld TishEfir VaqtiInstagram VideoTa’til Qaytish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar