Kadr: YouTube
Hozirda ta’tilda bo‘lgan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov baliq oviga chiqib, qo‘lga kiritgan o‘ljalarini Kopetdag‘dagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga yubordi, deb xabar beradi «Altyn Asyr» kanali.
E’tiborli jihati, televideniye mamlakat prezidentini himoya niqobi va qo‘lqoplarda ko‘rsata boshlagan, hatto u tabiat qo‘ynida bo‘lganida ham. Turkmaniston hududida koronavirus tarqalganini rasman tan olmagan mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi esa niqob havoda «zararli chang tarqalgani» sabab taqilayotganini ma’lum qilgan.
Berdimuhamedov ko‘l bo‘yiga qarmog‘ini qo‘yib, turkman yeri va mahalliy o‘simliklarining o‘ziga xosligi to‘g‘risida chop etilgan maqolalarni o‘qib chiqqan. Prezident o‘zining barcha harakatlarini — gazeta o‘qishdan tortib, binokolda atrofni kuzatishlarigacha — yolg‘iz bo‘lsa-da, niqobni yechmagan holda amalga oshirgan.
Kadr: YouTube
Telereportajda ma’lum qilinishicha, Berdimuhamedov ushlagan baliqlar bolalar uyining barcha tarbiyalanuvchilarini to‘ydirishga yetgan. Sayrga chiqqan bolalar ham niqobda ko‘rsatilgan, bino ichida esa — niqobsiz.
Kadr: YouTube
Eslatib o‘tamiz, mart oyida Turkmaniston hukumati «koronavirus» so‘zini ishlatish, shuningdek, fuqarolarga ko‘chaga tibbiy niqoblarni taqib chiqishni taqiqlagan edi.
Avvalroq Turkmaniston poytaxtida tibbiy niqoblar narxi bir haftada 14 baravar oshgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganish uchun 6 iyuldan buyon Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti missiyasi bo‘lib turibdi. U infeksiya tarqalishi xavfini baholash uchun Turkmaniston kasalxonalari va laboratoriyalariga tashrif buyurishi lozim. Mamlakatga mutaxassislarning kirib kelishi bilan deyarli bir vaqtda Turkmaniston prezidenti va hukumati ta’tilga chiqib ketgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Global Janub kimniki?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi