Foto: REUTERS
Britaniya qirolichasi Yelizaveta II urush veterani, 100 yoshli Tom Murga ritsarlik maqomini berdi. Mur Britaniya Milliy sog‘liqni saqlash tizimi (NHS) uchun 32 mln funt-sterling miqdorida xayriya mablag‘ini yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan.
Ritsarlik maqomini berish tantanasi Vindzor saroyida, ochiq osmon ostida ijtimoiy masofalanish qoidasiga amal qilgan holda bo‘lib o‘tdi.
Bukingem saroyidan xabar berishlaricha, bunday formatdagi ritsarlik marosimi tarixda ilk bor o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning mart oyida hali 99 yoshda bo‘lgan Tom Mur NHS uchun o‘ziga xos xayriya aksiyasini e’lon qilgan edi. Aksiyaga ko‘ra, qariya 100 yoshini qarshi oladigan kuniga qadar uyining oldidagi bog‘ni 100 marta aylanib chiqishni va’da berdi. Buning uchun u yaqinda tos bo‘g‘inida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan keyin sog‘ligini tiklashi va suyanchiq yordamida harakatlanishi kerak edi.
Veteran dastlab 1000 funt-sterling jamg‘arishni ko‘zlagan bo‘lsa-da, xayriya aksiyasi keng ommalashib ketgani natijasida qariyb 32 mln funt-sterling jamlandi.
«Hayotimda bunaqasi bo‘lishini hech qachon xayolimga keltirmagan edim. Bu men uchun sharaf», deb yozgan Mur tvitter sahifasida.
Veteran endilikda avtobiografik kitobini yozishni rejalashtirmoqda – kitob sotuvidan tushgan pullar uning nomidagi Kapitan Tom xayriya jamg‘armasiga o‘tkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi