Foto: «Ahram Online»
Misrlik olimlar Deyr-al-Baxri qirollik maqbarasidagi «qichqirayotgan ayol mumiyosi» o‘limining sirini fosh etishdi, deya xabar berdi «Ahram Online».
Tadqiqot mualliflaridan biri, misrshunos Zaxi Xavassning so‘zlariga ko‘ra, kompyuter tomografiyasi natijalari ayol yurak xurujidan vafot etgani, koronar arteriyalar og‘ir aterosklerozi to‘satdan o‘limga olib kelganini ko‘rsatmoqda. Tadqiqotchilarning fikricha, balzamlash jarayonida ayolning o‘lim paytidagi tana holati saqlanib qolgan.
«Ayolning jasadi bukilgan, oyoqlari chalishtirilgan, boshi o‘ng tomonga burilgan, jag‘i esa osilib qolgan. Ayol vafot etganidan bir necha soat o‘tgach murdani topishganini taxmin qilyapmiz», — deya izohladi Xavass.
«Qichqirayotgan ayol mumiyosi» 1881 yilda Luksor shahri yaqinida qirol sulolasining 40 nafar mumiyolangan a’zolari orasidan topilgan. Ayolning shaxsi hali-hanuz olimlar orasida bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi