64 yil kesilmagan soch 6 metrga yetdi (Foto)

64 yil kesilmagan soch 6 metrga yetdi (Foto)
Foto: «Yandex»
Vyetnamlik ayol 64 yil sochini kestirmagan, boshini biror marta ham shampunlab yuvmagan. Bu haqda «Dunya News» sayti xabar berdi.
64 yil kesilmagan soch 6 metrga yetdi (Foto)
83 yoshli Nguyen Txi Dinx sochini birinchi marta 19 yoshida kestirgan. Shundan so‘ng kuchli bosh og‘riqlaridan azob chekkan. Ota-onasi uni shifokor qabuliga olib borishgan. Biroq tayinlangan davo muolajalaridan keyin ham bosh og‘rig‘i to‘xtamagan.
64 yil kesilmagan soch 6 metrga yetdi (Foto)
O‘shandan beri Dinx biror martayam sochini kestirmagan, biror martayam boshini shampunlab yuvmagan. Hozir sochining uzunligi olti metrga yetadi. Faqat chuvalashib ketganidan bahaybat ilonga o‘xshab qolgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar