09:55 / 23.07.2020
1 297

Avstraliyaning kurort shahrida sodir bo‘lgan okean toshqinlari oqibatida sohildagi hashamatli uylar vayron bo‘ldi (video)

Avstraliyaning kurort shahrida sodir bo‘lgan okean toshqinlari oqibatida sohildagi hashamatli uylar vayron bo‘ldi (video)
Kadr: YouTube
Avstraliyada Yangi Janubiy Uels shtatidagi okeandagi suv toshqinlari sohildagi hashamdor uylarni vayron qildi. Bu haqda CNN xabar bergan.
Hodisa Uamberal kurort shahrida sodir bo‘lgan. Shahar aholisi hududdan evakuatsiya qilingan.

Mahalliy sohil ittifoqi shtat hukumatiga tabiiy ofat tartibini e’lon qilishni so‘rab murojaat qilgan. Drondan olingan videoda suv toshqinining tepaliklarda joylashgan uylarni vayron qilgani aks etgan. Toshqin oqibatida uylarning bir qismi okeanga oqib ketgan.

Shtat hukumatining axborotiga ko‘ra, 40 ta uy jiddiy zararlangan. Aholiga narsalarni yig‘ishtirish va evakuatsiyaga tayyorlanish uchun bir necha soat vaqt berilgan. Hozirda uylarning elektr, gaz va suv ta’minoti o‘chirilgan.

Avstraliyalik olimlarning qayd etishicha 11 ming kilometrdan oshiq Avstraliya sohil chiziqlari, ya’ni sohil qismining 50 foizi ertami, kechmi suv toshqinidan talafot ko‘rishi mumkin.

Avval Argentinada tennis to‘p kattaligida do‘l yog‘gani oqibatida Buenos-Ayres provinsiyasidagi kurortlar, avtomobillar va binolarga zarar yetgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)