Foto: Picture Alliance
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, samolyotga tashqi ta’sir bo‘lgani tasdiqlangan.
«Ukraine International Airlines aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan va 8 yanvar kuni Eronda urib tushirilgan samolyot bortidagi qora qutilarning ma’lumotlari rasshifrovka qilindi. Olingan ma’lumotlar samolyotga tashqi ta’sir bo‘lganini tasdiqladi», - dedi Ukraina tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yevgeniy Yenin.
«Endi kelasi haftada Eron bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazamiz», - deb qo‘shimcha qildi mulozim.
«Ukraine International Airlines» aviakompaniyasining Boeing 737-800 yo‘lovchi samolyoti Tehron – Kiyev yo‘nalishida PS752 reysini amalga oshirishi lozim edi. 8 yanvar kuni erta tongda «Imom Humayniy» aeroportidan havoga ko‘tarilgan avialayner raketalar bilan urib tushirildi.
Samolyot bortidagi 167 yo‘lovchi va 9 ekipaj a’zosining barchasi halok bo‘ldi. Eron hukumati 11 yanvar kuni avialayner harbiylarning xatosi tufayli urib tushirilganini tan oldi.
Keyinchalik, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) aerokosmik kuchlari qo‘mondoni Amir Ali Hojizoda samolyotning urib tushirilishi bilan bog‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi