Yakshanba kuni butun dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari soni 15 milliondan oshdi. Bu haqda onlayn tarzda hukumatlar bergan ma’lumotlar va rasmiy manbalar axboroti asosida statistikani taqdim etib borayotgan AQSHning Jons Hopkins universiteti ma’lum qilgan.
26 iyul holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasidan zararlanish holatlari soni 16 048 100taga yetgan, shundan 644 537 kishi vafot etgan.
Dunyo reytingida ilk uch o‘rinni hamon AQSH (4,1 mln), Braziliya (2,3 mln) va Hindiston (1,3 mln) band etgan.
Shuningdek, Covid-19 bilan kasallanish holatlari eng ko‘p qayd etilgan 10ta davlat qatoridan quyidagi mamlakatlar ham o‘rin olgan:
Rossiya — 812,4 ming;
Janubiy Afrika — 434,2 ming;
Meksika — 385,1 ming;
Peru — 379,8 ming;
Chili — 343,5 ming;
Ispaniya — 319,5 ming;
Buyuk Britaniya — 298,6 ming.
Bundan tashqari, Eron (288,8 ming), Pokiston (273,3 ming), Saudiya Arabistoni (264,9 ming), Italiya (245,8 ming), Kolumbiya (240,7 ming), Turkiya (225,1 ming), Bangladesh (221,1 ming) va Germaniyada (206,3 ming) ham kasallanish holatlari soni 200 minglik nuqtadan o‘tgan.
Eng ko‘p o‘limlar AQSH (146,4 ming), Braziliya (86,4 ming), Buyuk Britaniya (45,8 ming), Meksika (42,6 ming) va Italiyada (35,1 ming) qayd etilgan.
O‘lim holatlari soni bo‘yicha o‘nlikdan yana quyidagi davlatlar o‘rin olgan:
Hindiston —32,1 ming;
Fransiya — 30,1 ming;
Ispaniya — 28,4 ming;
Peru — 18,03 ming;
Eron — 15,4 ming.
Shuningdek, 11-o‘rindagi Rossiyada o‘lim holatlari soni 10 mingdan oshgan (13 269 holat).
26 iyul kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusdan kasallanish bilan bog‘liq 20 ming 226 holat qayd etilgan, shu vaqtgacha bemorlarning 11 mingga yaqini tuzalib chiqqan, 112 kishi vafot etgan. Ayni vaqtda 9283 bemor davolanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti