3 173
Somalida gumanitar yuklarni olib kelgan samolyot qo‘rqib ketgan eshaklar sabab falokatga uchradi
Foto: Local Media
Somaliga gumanitar yuklarni olib kelgan Keniya samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagiga yugurib chiqqan eshaklar sabab falokatga uchradi, deb xabar beradi Daily Nation.
Somali Fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot qo‘nish yo‘lagi yaqinida o‘tlab yurgan bir necha eshakni qo‘rqitib yuborgan. Qo‘rqqan hayvonlar esa oldinga, havo kemasi harakatining trayektoriyasi bo‘ylab chopgan. Shundan so‘ng, samolyot yo‘nalishni o‘zgartirishga majbur bo‘lgan va natijada qum uyumlariga borib urilgan.
Ta’kidlanishicha, Keniyaning Blue Bird Aviation aviakompaniyasiga tegishli samolyotni BMT Somali markaziy qismidagi shaharga oziq-ovqat va boshqa gumanitar yordamlarni yetkazib berish uchun yollagan. Avariya oqibatida samolyot bortida bo‘lgan uch kishining hech biriga (ikki uchuvchi va bir nafar yo‘lovchi) shikast yetmagan.
Keniyaning Somalidagi elchisi Lukas Tumboning ma’lum qilishicha, samolyot qoldiqlaridan «qora quti»ni chiqarib olishga muvaffaq bo‘lingan.
«Quti va boshqa yozib oluvchi qurilmalar tergov doirasida ma’lumotlarni qayta ishlash uchun Nayrobiga yuboriladi», — deydi elchi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi