Yevropa bo‘ylab sayohat qilayotgan yo‘lovchilar samolyot borti va aeroportlarda niqob taqishi shart bo‘ladi, deb xabar berdi Lonelyplanet.
Niqob yo‘q – parvoz yo‘q. Yevropa Ittifoqi mulozimlari shunday qarorga kelishdi.
Germaniya transport vaziri Andreas Shoyer so‘zlariga ko‘ra, Yevroittifoqning turli mamlakatlari vakillari yagona standartlar haqida kelishuvga erishishdi. Endi uni vazirlar ma’qullashi lozim.
«Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida epidemiyaning ikkinchi to‘lqini boshlanmoqda. Shu tufayli, niqob taqish barcha yo‘lovchilar uchun majburiy bo‘ladi. Bu «nafas etiketi» deb nomlanadi», - dedi Shoyer.
Shuningdek, mulozimlar aviakompaniyalar samolyotlarni tez-tez dezinfeksiya qilib borishi va yo‘lovchilar o‘rtasidagi xavfsiz masofani ta’minlaydigan yo‘riqnomalarga amal qilishi lozimligi haqidagi fikrda ham yakdil bo‘lishdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
O‘zbekistonda 30 aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!