Foto: Motor
Avstraliyaning Sidney shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro o‘zining avtomobilidan ikki million dollar yutuq chiqqan lotereya chiptasini topib oldi. Yutuqqa ega chipta shu vaqtga qadar yo‘lovchi o‘rindig‘ida yotgan bo‘lgan, deb xabar beradi Motor.
Erkak avtomobilida ishxonaga ketayotib, yo‘lovchi o‘rindig‘ida yotgan bir parcha qog‘ozga ko‘zi tushgan. Nafaqaxo‘rning so‘zlariga ko‘ra, u o‘tgan dam olish kunlari lotereya chiptasini sotib olganini mutlaqo unutib qo‘ygan.
Yutuqli sonlar tekshirilgach, erkak shu vaqtgacha mashinasi ichida ikki million dollar yotganini tushunib yetgan. Mashinadagi bir parcha qog‘oz unga aynan shuncha pul olib kelgan.
Foto: Motor
G‘olibning ta’kidlashicha, u oyda bir marta lotereya o‘ynab turadi, biroq hech qachon omadi kelishi haqida o‘ylab ko‘rmagan. Endilikda u pullarni oilaviy uyini ta’mirlash, shuningdek, pensiya jamg‘armasini oshirishga sarflamoqchi.
Avvalroq Viskonsinda istiqomat qiluvchi Tom Kuk ismli fuqaro Powerball lotereyasidan 22 million dollar yutib olib, mukofotni do‘sti bilan bo‘lishgani to‘g‘risida xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Sirskiy Rossiya Donetsk oblastida taktik yutuqlarga erishayotgani haqida gapirdi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontda vaziyat keskin, Rossiya taktik muvaffaqiyatga erishdi”
Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video)
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fransiya Germaniyani Yevropa mudofaasini birgalikda kuchaytirishga chaqirdi