09:50 / 30.07.2020
2 417

Yaponiyada ijtimoiy masofalashuvning yangi chorasi taklif qilinmoqda

Yaponiyada ijtimoiy masofalashuvning yangi chorasi taklif qilinmoqda
Foto: Pixabay
Yaponiyada koronavirusdan himoyalanish uchun ijtimoiy masofalashuv chorasi sifatida ochilgan soyabonlardan foydalanish taklif qilinmoqda. Umuman, yaponlar orasida yoz vaqtida quyoshdan saqlanish uchun soyabonlardan foydalanish keng tarqalgan.

Ta’kidlanishicha, bir metr diametrga ega ochiq holdagi soyabon odamlarni bir-biridan zarur masofa saqlashga majbur qiladi. Bundan tashqari, soyabon jazirama issiq va yuqori namgarchilik sharoitida haqiqiy sinovga aylanadigan va issiq urishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan himoya niqobini taqish ehtiyojidan xalos etadi.

Shuningdek, soyabon niqob taqilgan vaqtda quyoshdan qorayish natijasida yuzda qoladigan “och rangli iz” muammosini hal qilishga yordam beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyada ijtimoiy masofalashuvning yangi chorasi taklif qilinmoqda