
Foto: Xronika Turkmenistana
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ta’tilni turli mashg‘ulotlar bilan o‘tkazmoqda. 15 iyul kuni davlat rahbari mamlakat ko‘llaridan birida baliq ovlagan bo‘lsa, 21 iyul kuni alabay iti bilan sayr qilgan, deb xabar bermoqda «Xronika Turkmenistana».
Qayd etilishicha, 29 iyul kuni ertalab Berdimuhamedov Kopetdag‘ tog‘ etagida velosipedda sayr qilgan.

Foto: Xronika Turkmenistana
Davlat rahbari velosipedda «Axal-Teke» ot sport majmuasiga tashrif buyurdi. U yerda Berdimuhamedov Garlavach nomli oti bilan majmuani aylanib chiqdi.

Foto: Xronika Turkmenistana
Sayr tugagach, Berdimuhamedov otni majmuaga olib kelib, jilovni yechib, unga o‘t-o‘lan berib, ichish uchun suv bergan. Keyin Gurbanguli Berdimuhamedov ot uchun maxsus aralashma tayyorlab, uni ovqatlantirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar